Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov kun tartibidagi masalalarga aloqador rahbarlar, mahalla tizimi mutasaddilari bilan muloqotda bo‘lib, mahallalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi o‘rtasida keng miqyosda targ‘ibot ishlarini tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab berdi. Muloqot chog‘ida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik G‘anijon Aloviddinov kuni kecha shahrimizdagi “Shikorbegi” mahallasida ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat, xonadonini ijaraga berib, beparvolarcha munosabatda bo‘lgan mulkdorlar, yong‘in va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun ko‘rilgan tezkor choralar xususida ma’lumot berdi. Qo‘qon shahar hokimi yoshlar tarbiyasi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar tarbiyasida ota-onalar va mahalla mas’uliyatini kuchaytirish masalalariga ham e’tibor qaratdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Qo‘qon shahar hokimi yoshlar bilan muloqot qildi


Qo‘qon shahar hokimi otaliqqa olingan yoshlar bilan muloqot qildi

Sichqoncha bilan belgilab