Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ko‘rsatmalar ijrosi doirasida, saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan muborak Ramazon oyi arafasida aholi dasturxoniga hamyonbop va sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyat olib bormoqda. Qo‘qon shahridagi Markaziy dehqon bozorida o‘tkazilayotgan yarmarkada asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda xalq iste’moli mollari aholiga arzonlashtirilgan narxlarda taklif etilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi — muqaddas kunlar arafasida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlashdan iborat. Mas’ul tashkilotlar tomonidan mahsulotlar yetkazib berish hajmi va sifati doimiy nazoratga olingan. Shuningdek, savdo jarayonlarining shaffofligi va tartibli tashkil etilishi ta’minlanmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar muborak Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda, osoyishtalik va barqarorlik muhitida o‘tkazishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Sichqoncha bilan belgilab