Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Muloqot chog‘ida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, maktab o‘quvchilarini o‘z vaqtida darslarga qatnashini ta’minlash, sog‘lom hayot va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Qo‘qon shahar hokimi yoshlarning ijtimoiy muammolari, mavjud ehtiyojlarini ham o‘rganib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berdi. Xususan, axborot texnologiyalariga qiziqishi bo‘lgan yoshlarni kompyuter bilan ta’minlash, salomatligida shikoyat qilgan fuqarolarga davolanish uchun yordam ko‘rsatish, ishga joylashtirish bo‘yicha bildirilgan murojaatlar joyida hal etilib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yoshlar ishlari agentligi Qo‘qon shahar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan muloqot chog‘ida mahallalardagi yoshlar yetakchilari ham murojaatlarni qo‘rib chiqishda ishtirok etib, qabulga kelgan fuqarolar yuzasidan ma’lumot va tavsiyalar berdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!




Sichqoncha bilan belgilab