Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, deputatlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador rahbarlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi farmoni to‘g‘risida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning axboroti deputatlar e’tiboriga havola etildi. Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Ne’matjon Hamedov "2026-yilda Qo‘qon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida", "Qo‘qon shahrining 2026 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida" hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha shaharda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘qib eshittirdi. Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigoraxon Ergasheva O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hamda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosi to‘g‘risida Qo‘qon shahar hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi Ixtiborxon Muhammedovaning hisoboti tinglandi. Sessiya so‘nggida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga asosan Kengash deputatlari orasidan ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan holda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan "Nurafshon" saylov okrugi deputati Tojiyeva O‘ktamxon Xurshidovna Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi etib saylandi. Sessiyada ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahridagi ichki yo‘llar obod etilmoqda


Biz bunday uylarni orzu ham qilmagan edik


Sichqoncha bilan belgilab