Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:




O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasida viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi nazarda tutilgan. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga asosan ushbu qoida tuman (shahar) vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan 2026-yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritilishi belgilangan. Ushbu konstitutsiyaviy normadan kelib chiqqan holda joriy yilning 30-dekabr kuni Qo‘qon shahar xalq deputatlari Kengashi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada Kengash deputatlari orasidan ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan holda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan "Nurafshon" saylov okrugi deputati Tojiyeva O‘ktamxon Xurshidovna Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi etib saylandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!






Sichqoncha bilan belgilab