Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Aholini bayram dasturxoniga sifatli va hamyonbop mahsulotlar yetkazib berish maqsadida 20-dekabrdan boshlab, O‘rda maydonidagi Hunarmandlar rastalari, Markaziy dehqon bozori va hududlarda arzonlashtirilgan yarmarkalar o‘tkazildi. Aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlari, nogironlar va yolg‘iz keksalarga e’tibor ko‘rsatilib, mahalla mutasaddilari tomonidan xabar olindi. Qo‘qon shahar hokimi mutasaddilar hamrohligida To‘ron, Movarounnahr, Tashhovuz ko‘chalaridagi oilaviy yotoqxonalarga tashrif buyurib, aholiga osh damlab tarqatish, farzandlariga sovg‘a ulashishga qaratilgan mahr-oqibat aksiyalarida ishtirok etdi. Yangi yil archasi atrofida konsert dasturlari, ko‘ngilochar shoular, viktorinalar, dorbozlar tomoshalari, bayram mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilib, ko‘chma ovqatlanish nuqtalari aholiga xizmat qildi. 31-dekabr kuni o‘tkazilgan bayram tomoshasiga minglab hamshaharlarimiz tashrif buyurdi. Qorbobo va Qorqiz valsi bilan boshlangan bayram tadbirlari, archa atrofida qo‘shiq aytib aylanish, olive tarqatish aksiyasi, bayram konserti va ertak qahramonlari shousi bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxshida etdi. Osmon uzra otilgan mushaklar shousi bilan nihoyasiga yetgan bayram dasturini minglab hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlariga unutilmas onlarni tuhfa etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahridagi ichki yo‘llar obod etilmoqda


Biz bunday uylarni orzu ham qilmagan edik


Sichqoncha bilan belgilab