Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:






Qo‘qon shahar hokimi mutasaddilarga O‘rda maydonidagi Yangi yil yarmarkasi va xalq sayillarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi. Festivalda barpo etilgan Hunarmandlar darvozasidan boshlab to Istiqlol ko‘chasiga qadar, Xalqaro va Qo‘qon hunarmandlari ko‘rgazmasi o‘rnida tashkil etilayotgan bayram yarmarkasida oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’moli mollari va xo‘jalik buyumlari eng arzon narxlarda aholiga taklif etiladi. Qisqa qilib aytganda, bayram kunlari ushbu ko‘cha shahrimiz brend do‘konlari, yetakchi ishlab chiqarish korxonalari va bozorlardagi eng sara mahsulotlar bilan to‘ldiriladi. Yarmarkada degustatsiya, chegirma va aksiyalar, mahsulotlar taqdimotlari va badiiy namoyishlar o‘tkaziladi. Xuddi festival kunlari bo‘lgani kabi bu hudud yarim tungacha shahrimiz yuragiga aylanib, hamshaharlarimizni xushnud etish uchun xizmat qiladi. Ayni paytda rastalarga o‘ymakor usta Muzaffarjon Sobirov tomonidan ishlangan milliy elementlar o‘rnatilib, yanada ko‘rkam va jozibador ko‘rinishga keltirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Ta’lim olib ishlaymiz yoki ishlab ta’lim olamiz!

“Mening maktabim” loyihasi g‘oliblariga jihozlar yetkazilmoqda!

Qo‘qon shahrida yer maydonlaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilmoqda


Sichqoncha bilan belgilab