Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:

“Ochiq budjet” portalida “Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yilidagi 1-bosqichi g‘oliblari e’lon qilingan edi. Bunga ko‘ra, Qo‘qon shahrida umumiy qiymati 2 579,9 mln so‘mni tashkil etgan 184 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Hozirgi kunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ayrim loyihalarda nazarda tutilgan jihozlar maktablarga yetkazib berildi. Jumladan, Qo‘qon shahar 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida g‘olib deb topilgan qiymati 50 mln so‘mlik “IT dasturlash va veb dizayn kompyuteri” to‘plami maktabga yetkazib berilib, o‘quvchilar tomonidan foydalanilmoqda. Ushbu jihozlar o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar olishida keng samara beradi. G'olib loyihalar ro'yxati bilan ushbu havola (https://openbudget.uz/school/project-introduction/2) orqali tanishishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Ta’lim olib ishlaymiz yoki ishlab ta’lim olamiz!

Yangi yil dasturxoniga eng arzon va sifatli mahsulotlar!

Qo‘qon shahrida yer maydonlaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilmoqda


Sichqoncha bilan belgilab