Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Qo‘qon musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, nuroniylar, harbiylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i sahnaga tantanali ravishda olib chiqilib, yoshlar ansambli ijrosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi. Qo‘qon shahar hokimi barchani kirib kelayotgan bayram bilan muborakbod etib, Yangilangan xalqchil Konstitutsiyamiz O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani, Prezidentimiz iborasi bilan aytganda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning chinakam tashabbuskori va muallifi ko‘p millatli xalqimiz ekanini ta’kidlab o‘tdi. Bayram tadbirida el suygan san’atkorlar va shahrimiz badiiy jamoalari ishtirokida milliy va klassik kuy-qo‘shiqlar, laparlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tomoshaga to‘plangan ishtirokchilarga bayramona ko‘tarinki kayfiyat, Bosh Qomusimiz va Vatanimiz uchun g‘urur iftixor tuyg‘ularini baxshida etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!



Qo‘qon shahrida inklyuziv ta’limni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda


Sichqoncha bilan belgilab