Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ta’lim muassasalari, boshqaruv servis kompaniyalari, sog‘liqni saqlash va mahalla tizimi mutasaddilari, favqulodda vaziyatlar bo‘limi, kommunal idoralar, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar bilan muloqot qilib, qishki mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi. Xususan, Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan texnikumlar rahbarlariga binolarni isitish va qishki mavsumda xizmat ko‘rsatishni davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Muloqot chog‘ida boshqaruv servis kompaniyalarining ko‘p qavatli uylarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha hisobotlari tinglandi va deyarli barcha hududlarda tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazilgani, ayni paytda so‘nggi ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi. Marufjon Usmonov mahallalardagi ichki ko‘chalardagi yo‘llarni yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishi va boshqa ko‘ngilsiz oqibatlarning oldini olish maqsadida xatlovdan o‘tkazish, aholi murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qishki mavsumda is gazidan zaharlanish, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mas’ullarga "Yashil makon" aksiyasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladigan hududlar, ekiladigan daraxtlar turini belgilash bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!






Sichqoncha bilan belgilab