Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Qo‘qon shahar hokimi Qo‘qon 1-son politexnikumida yoshlarga berilayotgan kasbiy ko‘nikmalar, ta’lim samaradorligi va yaratilgan shart sharoitlarni o‘rgandi. Ayni paytda ushbu ta’lim muassasasida 626 nafar yoshlar 13 ta yo‘nalishda bilim olib, kasblarga o‘qitilmoqda. O‘tgan yili 51 nafar bitiruvchilardan 26 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi, 25 nafari esa shahrimizdagi korxonalarda mehnat faoliyatini boshladi. Marufjon Usmonov politexnikumda yoshlarni kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida foydalanilayotgan maketlar, texnik uskunalar va jihozlarni ko‘zdan kechirib, yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi. Bu yerda ta’lim nafaqat kunduzgi balki shartnoma asosida dual ta’lim ko‘rinishda ham o‘qitilmoqda. Xususan o‘tgan yili 30 nafar bitiruvchilar elektrotexnik kasbiga dual ta’lim asosida ega bo‘ldilar. Politexnikumda Qo‘qon neft bazasi, Indorama feritilizers enld kemikals, Mexanika zavodi bilan kadrlar yetkazib berish bo‘yicha o‘zar shartnomaviy bitimlar tuzilgan. Qo‘qon shahar hokimi kasb-hunar ustaxonalari bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ham tanishib, mahsulotlarni realizatsiya qilish tartibi bilan qiziqdi. Mutasaddilarga Qo‘qon shahridagi "qazi mahallada" tashkil etilayotgan gastronomik turizm ko‘chasidagi do‘konlar uchun stol va stullar yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tashrif so‘nggida Marufjon Usmonov ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi va o‘quvchilar bilan muloqot qilib, yoshlarni davlatimiz rahbarining videoselektor yig‘ilishda bergan ko‘rsatmalari asosida hozirdan sohaviy korxonalar talabi asosida tayyorlash, kasbiy tayyorgarlik va ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 11- sessiyasi o‘tkazildi
Sichqoncha bilan belgilab