Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Qo‘qon universiteti bilan hamkorlikda zargar Ra’noxon Bo‘taboyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan markazning tantanali ochilish marosimida Respublika Hunarmand uyushmasi raisi Rasuljon Mirzahmedov, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va boshqa mas’ul idora tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar. Tantanali marosimda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan milliy hunarmandchiligimiz va turizmni rivojlantirish, ayollarni kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar e’tirof etildi. Darhaqiqat ushbu markaz nafaqat ko‘rgazma va savdo markazi balki imkoniyati cheklangan qizlar, hunarmandchilik sohasida tadbirkorlik qilishni istagan ayol-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish maskani sifatida ham xizmat ko‘rsatadi. Xususan, "Ezgu niyat" nodavlat notijorat tashkiloti bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik natijasida 20 nafar imkoniyati cheklangan ayol-qizlar daromadli hunarlarni egallab kelmoqdalar. Xalqaro hunarmandlar festivali arafasida faoliyat boshlagan markaz Jahon hunarmandlari shahri unvoniga ega Qo‘qon shahriga uzukka ko‘z qo‘ygani kabi yarashib, aholi farovonligini yuksaltirish va milliy madaniyatimizni keng targ‘ib qilishga qaratilgan yana bir go‘zal maskan bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 11- sessiyasi o‘tkazildi
Korxonalarga eng yuqori saviyadagi kadrlar yetkazib beramiz!
Sichqoncha bilan belgilab