Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov "Qo‘qondon" korxonasida ishlab chiqarilayotgan un va don mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, korxonaning eksport salohiyatini yuksaltirish imkoniyatlarini o‘rgandi Agarda siz shahrimizdagi "Benazir", "Marvarid" kabi savdo markazlaridan non mahsulotlari xarid qilgan bo‘lsangiz katta ehtimol bilan "Qo‘qondon" korxonasi mahsulotini tatib ko‘rgansiz. Ayni kunlarda esa bu yerda fermer xo‘jaliklari uchun sifatli don mahsulotlari ham qayta ishlanib, yetkazib berilmoqda. Qo‘qon shahar hokimi korxona rahbariyati bilan muloqotda bo‘lib, korxonani istiqboldagi rejalari, mavjud muammo-masalalarni o‘rgandi. "Bir necha o‘n yillardan beri shahrimiz aholisiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan korxonani yanada rivojlantirish uchun barcha choralarni ko‘ramiz", dedi shu jumladan Marufjon Usmonov.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Sichqoncha bilan belgilab