Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Tantanali marosimda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan ta’lim va maktab islohotlari, buning natijasida yoshlarning jahon standartlari asosida puxta bilim olish uchun yaratilayotgan yuksak darajadagi shart-sharoitlarni alohida ta’kidlab o‘tdi. "Barcha o‘qituvchilar va o‘quvchilarni hozirdan maktab formasida ko‘rayotganimdan g‘oyatda xursandman, tartib intizom samarali ta’lim negizidir", dedi shu jumladan Marufjon Usmonov. Qo‘qon shahar hokimi maktab pedagogik jamoasi va o‘quvchilar bilan ham muloqotda bo‘lib, yangi o‘quv yiliga bo‘lgan tayyorgarligi, mavjud muammo-masalalar bilan qiziqdi. Mutasaddilarga yangi o‘quv yilini maktab formasida yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
O‘quvchilarni daromadli kasb-hunarlarga o‘qitamiz!
Sichqoncha bilan belgilab