Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

232025-05-13 19:52

Savol bering, javob beramiz

Tadbirkor auktsion orqali yer sotib olsa QQS to'laydimi? O'zbekiston Respublikasi hududida davlat mol-mulki realizatsiya qilinganda QQSni hisoblash va to'lash soliq agenti (xaridor) tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Soliq kodeksi 256-modda O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ-1014-son) bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarga asosan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo'yicha aylanma QQS bo'yicha soliq solishdan ozod etildi. Soliq kodeksi 243-modda Ya'ni, 2025-yil 1-yanvardan boshlab ushbu turdagi mulklarni xarid qilgan tadbirkorlar uchun QQS to'lash majburiyati mavjud emas. Ammo, 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu yer uchastkalarini xarid qilgan korxonalar uchun QQSni hisoblash va belgilangan tartibda budjetga to'lash majburiyati mavjud. QQS ushbu holatda soliq agenti — xaridor tomonidan to'lanadi. Tadbirkorlar diqqatiga: Agar siz yer uchastkasini 2025-yildan keyin xarid qilgan bo'lsangiz, QQS to'lovidan ozodsiz. Ammo, 2024-yilda xarid qilingan yerlar uchun QQS to'lovi majburiy hisoblanadi. Bunda 2025-yildan keyin xarid qilgan davlat mol-mulki uchun soliq hisobotini imtiyoz qo'llagan holda taqdim etish lozim bo'ladi. O'ktamjon Ergashev - So'x tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz