Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Darhaqiqat bunday darajadagi sharoitlar, barcha turdagi ijtimoiy va servis obyektlari yaqin joylashgan hudud shahrimizda hali bo‘lmagan. Uy-joylar o‘ta darajada mustahkam, zamonaviy va ko‘rkam etib barpo etilmoqdaki hozirdan ushbu xonadonlarga qiziqish katta bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari doirasida ilk bor Qo‘qon shahrida yangi qurilgan uy-joylar qurilish kompaniyalari emas, balki banklar tomonidan moliyalashtirilmoqda. Bu degani birinchidan yangi xonadonlar narhi arzon bo‘ladi, ikkinchidan uy-joylar va atrofdagi infratuzilmalar sifati kafolatlagan yuqori darajada bo‘ladi. Bugun uy-joy massivi maketi va marketing ofisi joylashgan bino shahrimizda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar, shifokorlar, tadbirkorlar va ayniqsa yangi turmush qurgan yosh oilalar bilan gavjum bo‘lmoqda. Mingdan ziyod yangi qurilayotgan xonadonlar subsidiya va ipoteka krediti asosida aholiga taklif etilmoqda. Oilaviy byudjet uchun eng katta harajat yukini yengillatish uchun davlatimiz rahbarining tashabbuslari doirasida qulay imkoniyatlar yaratib berilmoqda. "Yangi Qo‘qon" mavzesi bu nafaqat uy-joylar balki barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ko‘kalamzor hiyobonlar, aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlarini o‘z ichiga olgan baxtli xayot haqidagi orzularning ushalishidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🔴LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
🔴LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
Yangi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Cho‘milish havzalari qoidalariga rioya qiling!
Qo‘shtepa tumanida pilla terimiga kirishildi
Keksalarga hurmat yoshlarga ibrat