Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Farg‘ona vodiysi futbol faxriylari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etigan musobaqaning tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Marufjon Usmonov davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, aholini sportga keng jalb etishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, barcha ishtiokchilarni sport bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi. "Temiryo‘lchi", "Shaxrixon", "Neftchi", "Navbaxor", "Yoshlik", Qirg‘izistonning "Oloy" jamoalarida to‘p surgan faxriylar va futbolga qiziqishi yuqori bo‘lgan nuroniylardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlar yoshi ulug‘ hamyurtlarimiz va qo‘shni mamlakatimizdan kelgan faxriylar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish kabi ezgu maqsadlarda tashkil etildi. "Barkamol avlod" stadionida 60+formatida o‘tkazilgan "Do‘stlik" turniri doirasida bugun 10 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi, turnir doirasidagi keyingi tur Qirg‘iziston respublikasida o‘tkaziladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro pedagogik simpozium yuksak baholandi

Qo‘qon shahar hokimi turkiyalik sarmoyadorlar bilan muzokaralar olib bordi

Qo‘qon shahrida yashil maskanlar barpo etilmoqda


Qo‘qon shahrida Konstitutsiya kuni yuqori saviyada nishonlandi

Sichqoncha bilan belgilab