Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Dang‘ara tumanida “9-may - Xotira va qadrlash kuni” arafasida maxallalardagi yoshlardan tashkil etilgan jamoalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Xotira turniri” o‘tkazildi. Qur’a natijasiga asosan 17 ta maxallalardan kelgan jamoalar bahslarga kirishishdi. Jamoalar o‘rtasidagi musobaqa juda qiziqarli, teng kuchlar ostida o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 1-o‘rin Navbaxor MFY jamoasiga 2-o‘rin Doimobod MFY jamoasiga nasib etdi. Musobaqa yakunida nuroniylar turnir g‘oliblarini samimiy qutlab, tadbir tashkilotchilariga o‘zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirib o‘tishdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning kubok, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. O‘tkazilgan ushbu xotira turniri barchaning ko‘nglida iliq ta’surot qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!