Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshloq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi hamda Toshloq tuman hokimligi hamkorligida 2-umumta’lim maktabida “Xotira bor ekan — millat barhayot” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda tumanning turli hududlaridan kelgan 300 nafar faxriy ustozlar, soha fidoyilari, mehnat faxriylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mehmonlar uchun bayramona muhit yaratilib, ularga alohida e’tibor va hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Tadbirda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev so‘zga chiqib, faxriy ustozlarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z nutqida bugungi tinch va farovon hayotimiz poydevorida fidoiy ustoz va murabbiylar, mehnat faxriylarining o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda bunday tadbirlarning ahamiyati juda yuqori ekanini qayd etdi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari va mahalliy ijodkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Unda Vatan, tinchlik, xotira va muhabbat mavzusidagi she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari qatnashchilarga katta taassurot qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!