Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

62025-05-10 17:51

Qo‘qon shahrida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligiga bag‘ishlangan ma’naviyat bayrami o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” qarori asosida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi. Marufjon Usmonov yosh avlod intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirishda Behbudiy asarlarining ahamiyati, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari, vatanparvar insonlarni tarbiyalashdagi o‘rni xususida alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘quvchilar tomonidan Behbudiyning “Padarkush” pyesasi sahnalashtirilib, ota-onalarning farzand tarbiyasiga e’tiborsizligi va ilmsizlik qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi jonli obrazlar yordamida tomoshabinlarga yetkazildi. Tadbirda Qo‘qon shahar hokimi umumta’lim maktablari 6-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida jamoaviy tarzda o‘tkazilgan “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda milliy cholg‘u asboblarida san’at an’analarini davom ettirib, o‘z iqtidor va iste’dodini namoyon etgan Qo‘qon shahar 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “ISTIQBOL” jamoasini Qo‘qon shahar hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz