Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Bugun qoʼshni Qirgʼiziston Respublikasining Batken shahrida ««Өrүk gүlү»» xalqaro festivali boʼlib oʼtdi. Ushbu festivalda Rishton va Soʼx tumanlari hokimi boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etishdi. Madaniyat arboblari bayram kontsertini tashkil etishgan. Unda xonandalar, raqqoslar va milliy asboblarda musiqa ijro etuvchi ijodkorlar ishtirok qatnashishdi. Shuningdek, xalq hunarmandlari tomonidan yaratilgan buyumlar koʼrgazmasi ham tashkil etildi. Yarmarkada gullar, idishlar, taomlar, kiyim-kechak va mahalliy aholi tomonidan sotilayotgan mahsulotlar namoyish etildi va savdo juda faol kechdi. Tadbir doirasida mehmonlarni Batken tumani hududida joylashgan Muz-Bulak qoʼriqxonasiga olib borish, u yerda Аygүl gulining gullashi bilan tanishish imkoniyatga ega boʼlishdi. Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahar hokimi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlarini hal etmoqda
Ta’limning chek-chegarasi yo‘q!
Qo‘qon shahrida Oila va xotin-qizlar maskani o‘z faoliyatini boshladi
Qo‘qon shahrida “Madaniyat va san’at xaftaligi” doirasida konsert o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi