Thu. May 2nd, 2024

Ozodlik xiyobonida o‘rnatilayotgan bayroq ostiga vaqt kapsulasi ko‘mildi.
Uzoq vaqt chirimaydigan metaldan tayyorlangan vaqt kapsulasini ichiga mamlakatimiz va shahrimizga doir ma’lumotlar joylashtirildi.

Shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov bayroqni o‘rnatish ishlarini amalga oshirayotgan qurilish tashkiloti vakillari bilan birgalikda kelajak avlodlarga bugungi hayotimiz xususida darak beradigan kapsulani yer ostiga joyladi.

Balki bir necha yuzlab yillardan so‘ng kapsulani kavlab olgan avlodlarimiz bugungi hayotimiz va shahrimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.