Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar hokimining o‘rinbosarlari, deputatlar va kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.
Sessiyada “Qo‘qon shahrida 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bajariladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning axboroti deputatlar e’tiboriga havola etildi.
Qo‘qon DSI rahbari Qobuljon Abdullayev mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisobotini o‘qib eshittirdi.
Sessiyada Prezidentimizning “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Bunyodjon Mavlonovning hisoboti ham taqdim etildi.
Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Nigoraxon Ergasheva Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahrida “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 5-bosqichida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
Shuningdek sessiyada davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida Qo‘qon shahar adliya bo‘limi boshlig‘ining hisoboti, Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi boshlig‘ining Prezidentimizning “Sud xujjatlari va boshqa organ xujjatlarini ijro etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara tumanlaridan Qo‘qon shahri tarkibiga o‘tkazilgan geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida Qo‘qon shahar hokimining maslahatchisi Dilfuzaxon Alimovaning va Qo‘qon shahar ekologiya va atrof muxitni muxofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘ining Ekologiya va atrof muxitni muxofaza qilish soxasidagi nazorati bo‘yicha 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari ham tinglandi.
Ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.