Sat. Apr 27th, 2024

Probatsiya nazoratida to‘rgan, muqaddam sudlangan fuqarolarni profilaktika inspektorlari tavsiyasiga ko‘ra muddatidan avval javobgarlikdan ozod etish yoki taqdimnomasiga asosan jazoni o‘tash muddatini og‘irrog‘iga almashtirish bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqildi.

Probatsiya nazoratida turgan fuqarolar, jinoyat sodir etishga moyil yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan sudda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov va kun tartibidagi masalalarga aloqador boshqa rahbarlar ham qatnashdilar.

Sayyor sudda shuningdek inson hayotiga zomin bo‘lgan yo‘l harakati xodisalari bilan bog‘liq jinoyat ishlari ham ko‘rib chiqildi, Xususan inson o‘limiga sabab bo‘lgan xaydovchi 5-yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Aholi o‘rtasida qonunga itoatkorlik, probatsiya hisobida turgan fuqarolar o‘rtasida tartib-intizom, qonun talablariga rioya etishni targ‘ib etishga qaratilgan sayyor sudda barcha ishtirokchilar ko‘rilgan ishlar bo‘yicha shaxsiy hulosalarga ega bo‘ldilar.