Sun. May 12th, 2024

Joriy yilning 1-sentyabriga qadar xalqaro sertifikatning 7-darajasiga ega bo‘la olmagan o‘qituvchilarga maktabda ingliz tili fani bo‘yicha dars berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

IELTS 7 sertifikatiga ega ingliz tili o‘qituvchilari uchun davlat idoralaridagi bo‘sh turgan xonlar bepul (ijara to‘lovisiz) ajratiladi.

“IELTS 7 sertifikatiga ega maktablarda faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchilari (va ularning 2 gacha iqtidorli o‘quvchilari) xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga shahar byudjeti hisobidan jo‘natiladi”, dedi Marufjon Usmonov.

Shuningdek Qo‘qon shahridagi ovqatlanish muassasalarida ingliz tilida so‘zlashuvchilar uchun maxsus chegirmalar joriy etish, ingliz tilini jamoat joylarida keng targ‘ib etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.