Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov O‘rda maydonida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishib, mas’ullarga vazifalar belgilab berdi.

Xususan, O‘rda maydonidagi sahna demontaji nihoyasiga yetkazilmoqda, maydon ichidagi tungi yoritish chiroqlari va bayroqlarning ustunlari bo‘yalmoqda. Yashil maydonlar atirgul va manzarali daraxtlar ekish uchun shay holatga keltirilmoqda. Maydonninng bir qismida ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.