Sun. Apr 28th, 2024

Baynalminal jangchilar veteranlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Marufjon Usmonov bayramona bezatilgan dasturxon atrofida to‘plangan veteranlar oldida nutq so‘zlab, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan tinchlikparvar siyosat, yoshlarni Vatanga sadoqat, faxriylarga hurmat ruhida tarbiyalash, ta’lim-tarbiya masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Afg‘on urushi qatnashchilariga ko‘rsatib kelayotgan g‘amxo‘rligi uchun Qo‘qon shahar hokimiga MDH davlatlari baynalminal jangchilar uyushmasi rahbarining Minnatdorchiligi tantanali ravishada topshirildi.

Veteranlar, nuroniylar mamlakatimizda hukm surayotgan tinch-osoyishta hayot, faxriylarimiz bosib o‘tgan olovli yo‘llar xususida fikr yuritdilar.

Tadbirda badiiy dastur namoyish etilib, milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.