Sun. May 12th, 2024

Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Zikrillo Ro‘zmatov, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar, mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan qabulda Marufjon Usmonov fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish choralarini ko‘rdi.

24-“Temiryo‘lchi” mahallasida Qo‘qondagi Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan qabulga turli muammolari bilan atrof-hududlardagi aholi, ishga joylashish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga ishtiyoqi yo‘q, ijtimoiy muammolari bilan Qo‘qon shahar hokimligiga muntazam ravishda murojaat qiladigan fuqarolar ham tashrif buyurib, hokim bilan muloqot qildilar.

Davlatimiz rahbarining olg‘a surgan tashabbuslari doirasida ehtiyojmand aholiga bo‘sh ish o‘rinlari, subsidiya va kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari taklif etildi.

Salomatligi tiklash bo‘yicha qilingan murojaatlar yuzasidan mahalla tizimi mutasaddilariga ijtimoiy ro‘yxatlar imkoniyatidan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tasvirchi: Umidjon Ismoilov