Tue. May 14th, 2024

Shu yil 21-fevralda Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. Dasturda yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sektorlar rahbarlari, kun tartibilagi masalalarga aloqador mas’ullarga davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoslelektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, ishsiz yoshlarni ish bilan band etish, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.