Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish masalalari muhokama etildi

Xususan, mahallalarda yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarini jalb etish, bu borada ularning boy hayotiy tajribalaridan keng foydalanish, nuroniylar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar bilan ishlashda mahallalar hamda vakolatli muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Faol nuroniylar o‘rtasida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovi shahar bosqichini o‘tkazish yuzasidan tashkiliy masalalar muhokama etilib, mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.