Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Thu. Dec 5th, 2024

Yarmarkani ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan turizm sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Marufjon Usmonov turizm sohasida Qo‘qon shahrida mavjud imkoniyatlar, turizm infrastrukturasi va turizm marshrutlarini rivojlantirish, me’moriy obidalarni ta’mirlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

 

Yarmarka faoliyatida Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, tarixchi olimlar, turizm kompaniyalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqdalar.

Click to listen highlighted text!