Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy
boshqarmasi boshlig‘i Jasurbek Shodiev, Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari, g‘oya va takliflarini o‘rgandi.

 

Marufjon Usmonov mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal sur’atlarda olib borilayotganini, hududlar, soha va tarmoqlarni rivojlantirishga doir 400 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilinganini ta’kidlab o‘tdi. Davlatimiz rahbari har doim “o‘zgarishlarni odamlar o‘z hayotida sezsin”, deya talab qo‘yadi. Shunga muvofiq, islohotlarning aholi hayotiga ta’siri o‘rganib borilmoqda.

 

Qo‘qonlik tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv ham sohada mavjud muammolar va yangi imkoniyatlar, biznes sub’ektlarini qiynayotgan masalalar xususida ma’lumotga ega bo‘lish, ularni yechimini ta’minlashga imkon beradi.