Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, ichki ishlar idoralari, sektorlar rahbarlari, milliy gvardiya, mahalla tizimi va boshqa mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan saflanish tadbirida Qo‘qon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Marufjon Usmonov mahallalarda jamoat tartibini ta’minlash, jinoyat sodir etishga moyil, jazoni o‘tash joylaridan qaytgan shaxslar bilan tizimli ishlash, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Saflanishda Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilhomjon Tillaevlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
#ozbekiston #qoqon #huquqbuzarlik #jinoyatchilik #mahalla