Mon. Mar 4th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullarga aholi va tadbirkorlik subyektlarining soliqlar va kommunal idoralardan bo‘lgan qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, aholi o‘rtasida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashga o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.

“Namunali soliq to‘lovchi mahallalar” chellendji doirasida qarzdorliklarini to‘liq bartaraf etgan va mavsum boshidan katta tushum qilib borayotgan mahallalar, fidoiylik ko‘rsatayotgan mutasaddi tashkilotlar e’tirof etilib, o‘z faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mas’ullarga tanbeh berildi.