Mon. May 13th, 2024

Farg‘ona viloyati hokimining “Viloyat hududida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan 20-noyabrdan 20-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.

Farmoyish ijrosi doirasida bugun Qo‘qon shahrida tashkil etilgan seminarga sektorlar mas’ullari, hokimlik xodimlari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi, kadastr, qurilish bo‘limi, tibbiyot birlashmalari vakillari jalb etildi.

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonlari haqida so‘z bordi.