Mon. May 13th, 2024

Ayni kunlarda Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, soliq qonunchiligi mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar ham o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, 2023-yil noyabr oyi davomida Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan 1019 ta muammolar o‘rganildi.

162 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriya yuritish, 79 tasiga qulay soliq rejimini tanlash, 42 tasiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, 736 ta holatda hisob-varoq fakturalar yuborish va taxrirlash, ONKM bo‘yicha imtiyozlar olish, ONKM bo‘yicha MXIK bo‘yicha imtiyoz olish, qat’iy belgilangan aylanma soliq turi, hisoblanishi lozim bo‘lgan qat’iy soliq summasi va soliq turi bo‘yicha qollaniladigan imtiyozlar, rahbar va ishchi xodimlarga elektron mehnat daftarchasi ochilishi va soliq imtiyozlaridan foydalanish va ariza yuborish tartibi hamda qo‘llash kabi masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.