Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shahrimizda faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari rahbarlari, huquq-tartibot idoralari mutasaddilariga qishki mavsumda shaxobchalarda tartib intizomni ta’minlash, belgilab berilgan ish rejimiga rioya etish, navbatsiz gaz quyish uchun noqonuniy yig‘imlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Qo‘qon shahar prokuraturasi gaz quyish shaxobchalaridagi holatni doimiy monitoring qilib boradi, aholi noroziligini keltirib chiqaruvchi noqonuniy yig‘imlar va boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan shaxobchalar rahbariyatiga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.