Tue. May 14th, 2024

Yig‘ilishda Mahallani qo‘llab-quvvatlash shahar kengashi raisi, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar kengashi a’zolari, mahallalar raislari, kun tartibidagi masalalarga aloqador rahbarlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar Prezidentimizning “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroridan kelib chiqadigan vazifalarni muhokama etdilar.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatimizda mahalla institutini qo‘llab-quvvatlash va nufuzini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, yangi ko‘rinishdagi mahalla tizimida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolar bilan ishlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar hususida ma’lumot berdi.

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib mahalla tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘qon shahar bo‘limi rahbari Islom Fayzullayevning ma’ruzasi o‘qib eshittirildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan bir qator mahalla raislarining ham fikr mulohazalari tinglandi.

Yig‘ilishda Mahallani qo‘llab-quvvatlash Farg‘ona viloyati kengashiganing tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylab olish masalasi ko‘rib chiqilib, belgilangan kvorum bo‘yicha 12 nafar raislar viloyat kengashiga vakil etib saylandilar.