Tue. May 14th, 2024

Iqtidorli san’at namoyondalari, adabiyotshunoslar va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ijod ahli, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Shahar hokimi davlatimiz rahbari tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar hususida to‘xtalib o‘tib, barchani loqaydlikdan ogoh bo‘lishga, ayniqsa yoshlar onggiga amalga oshirilayotgan hurujlarga javoban ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga, ilm-ma’rifat, vatanparvarlik g‘oyalarini dunyoqarashimizning ajralmas qismiga aylantirishga chaqirdi.

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda madaniyat va san’at namoyondalari ham kun tartibidagi masala bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirdilar.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Shuxrat” medali sohibi, O‘zbekiston kompozitorlar uyushmasi a’zosi, ko‘p yillardan beri madaniyat va san’at sohasida xizmat qilib kelayotgan Rafiqjon Ahmedovga Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomasi topshirilib, samimiy tilaklar bildirildi.

Tadbir doirasida Shaxodatxon Islomova va Anorxon Shomirzayevalar muallifligida yozilgan kitoblar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.