Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, nuroniylar qaxramonlik va matonat timsoli bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, sharafli orden va medallar sohibi Usmonjon Rahimovdan xabar olib, bayram sovg‘alarini yetkazdilar.

Samimiy muloqot chog‘ida Marufjon Usmonov mavjud muammo va masalalar bilan ham qiziqib, mutasaddilarga urush qahramonining xonadonini ta’mirlab berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Usmonjon Rahimov e’tibor uchun samimiy minnatdorchiligini izhor etib, yurtimizga tinchlik, Yurtboshimizga omonlik tilab, duolar qildi.