Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov maktablar direktorlari bilan muloqot qilib, ayni paytda mamlakatimizda yoshlarni bilimli, har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash, raqobatbardosh kadrlar yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hususida ma’lumot berdi.

Shahar hokimi ta’lim jarayonini eng yuqori saviyada, zamon talablari asosida tashkil etish, bitiruvchi sinf o‘quvchilarini hozirdan qizqiqshlarini o‘rganib, oliy ta’lim muassasalariga imtixon topshirishga tayyorlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘quvchilarning ota-onalari, mahalla-kuyni ham keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.