Sun. May 19th, 2024

Bayram tadbirida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Qo‘qon shahar bo‘limi mutasaddilari, Qo‘qon shahridagi mahallalar raislari va ularning o‘rinbosarlari, maslahatchilari va faollari, ichki ishlar mahalla nozirlari ishtirok etdilar.

 

Tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi shahar bo‘limi boshlig‘i Burxonjon Mamajonov Prezidentimizning mahalla tizimi xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

 

Tadbirda Qo‘qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari rahbarlari ham mahalla tizimi vakillarini kasb bayrami bilan qutlab, kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. O‘z sohasida xizmatdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, fidoiylik bilan mehnat qilayotgan xodimlarga Qo‘qon shahar hokimligining Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Mehmonlar uchun bayramona dasturxon yozilib, konsert dasturi namoyish etildi.