Mahallalarda yoshi ulug‘lar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bor fuqarolar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, bayram tuhfalari yetkazildi.
Ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar dasturxoniga bozor-uchar to‘plamlari, muhofazaga muhtoj fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.