Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahridagi ishsiz ayollar nodavlat ta’lim markazida 3 oy davomida pazandachilik va tikuvchilik yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Yangi kasbga ega bo‘layotganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham e’tibor qaratilib, har oy 506 ming so‘mdan stipendiya to‘lab borildi.

 

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. Ayni paytda, tikuvchilik sohasini egallagan bitiruvchilarning “Zumrud tekstil'”, “Nazar grant” va “Amaliy samara” korxonalari bilan mehnat shartnomalari tayyorlanmoqda. Pishiriqchilik yo‘nalishida kasbga ega bo‘lganlarni “Benazir” va “Bonjur” savdo ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylash choralari ko‘rilmoqda.

Qo‘qon shahar Kasbga o‘qitish markazi qoshidagi monomarkazda yana 18 nafar yoshlar tikuvchilik sohasida tahsil olmoqda. Joriy yilning 23 aprel’ kuni ushbu kurslar ham nihoyasiga yetib, yangi kasblar egalariga sertifikatlar topshiriladi.