Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Nov 9th, 2024

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining oltinchi chaqiriq XXVII sessiyasida Qo‘qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari rahbarlari, shahar Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalaga aloqador korxona-tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

 

Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 8 aprel’ kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarga asosan, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va byudjetga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga Murojaatini o‘qib eshittirdi.

 

Marufjon Usmonov o‘z Murojjatnomasida Qo‘qon shahrida yangi kichik biznes sub’ektlarini tashkil etish, import hajmini kamaytirish maqsadida import o‘rnini bosuvchi, eksportbop, raqobatbardosh hamda jahon standarti talablariga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, kichik sanoat zonasida biznes loyihalarni rivojlantirish, aholini imtiyozli kredit mablag‘lari bilan ta’minlash evaziga ayollar va yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh turgan binolarni ijaraga berish, tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish borasida 2021 yilning 1 choragida amalga oshirilgshan ishlar va 2 chorak uchun belgilab olingan rejalar xususida ma’lumot berdi.

 

Shahar hokimi birinchi chorak natijalariga ko‘ra byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha reja 126.5 foizga, 51 226,2 mln so‘mga, ya’ni 10 741,4 mln so‘mga ortig‘i bilan bajarilganini ta’kidlab o‘tdi. Ikkinchi chorakda byudjet borasida rejalashtirilgan maqsadlar, ularga erishish uchun belgilangan choralar hususida ma’lumot berdi.

 

Marufjon Usmonov aholi uchun munosib turmush, mehnat sharoitlarini yaratish, kambag‘allar va ishsizlar bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida birinchi chorakda erishilgan natijalar va ikkinchi chorak uchun belgilab olingan vazifalar hususida ham batafsil ma’lumot berdi. “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi bo‘yicha joriy yil yakuni bo‘yicha 3809 ta doimiy yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi”, dedi shahar hokimi.

 

Sessiyada byudjetni orttirib bajarilgani evaziga mahalliy byudjetda qoladigan mablag‘larni taqsimlash masalasi ham ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.

 

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlarning taklif va mulohazalari tinglandi.

 

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Click to listen highlighted text!