Sun. Apr 28th, 2024

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazmalarda mahallalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, milliy hunarmandchilik namunalari, bahorgi taomlar va pishiriqlar namoyish etildi. Ta’lim muassasalari kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, talabalar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etdilar.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari hamrohligida ko‘rgazmalar bilan tanishib, mahalla mutasaddilari va yoshlar bilan muloqot qildi. Yoshlar bog‘idagi amfiteatrda namoyish etilgan bayram konsertida shahrimiz badiiy jamoalari tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qo‘shiqlar, askiya aytishuvlari, raqs va tomoshalar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bahshida etdi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov hamshaharlarimizni Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etib, mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan olib borilayotgan xalqparvar siyosat, milliy an’analarimizni asrab-avaylash va keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Yoshlar bog‘iga farzandlari bilan tashrif buyurgan hamshaharlarimiz uchun turli ko‘ngilochar attraksionlar, tomoshalar, ko‘rgazma-savdo rastalari oqshomga qadar xizmat qilib, ko‘tarinki kayfiyat bahsh etdi.