Sun. Apr 28th, 2024


Qo‘qon shahar hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutasaddilari 2-sonli bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalardan xabar olib, bayram sovg‘alarini yetkazdilar. Bolajonlar tomonidan Navro‘z ayyomi munosabati bilan tayyorlangan badiiy dasturda ertak qaxramonlari ishtirokida yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi abadiy kurash, miliiy qadriyatlarimiz, bahor faslining nafosati, ona vatanga muhabat va sadoqat mavzularida kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.