Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Katta qabristonda olib borilayotgan kapital-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

 

Bugungi kunda qabristonning diniy marosimlar o‘tkaziladigan ayvonning ichki qismi milliy uslubda ta’mirlandi, hozirda shift qismiga Qur’on oyatlari bitilmoqda. Qabristonning tashqi devorini Erondan keltirilgan dekorativ g‘ishtlar bilan qoplash ishlari nihoyasiga yetmoqda.

 

Obodonlashtirish ishlari Qo‘qondagi Tahiya va G‘oziyog‘liq qabristonlarida ham olib borilmoqda, bu yerda yangi yo‘laklar, xizmat xonalari, devorlar, kirish darvozalari yangilanmoqda.

 

Xristian va Iudey qabristonlarining muntazam obod etib borilishi ham shahar hokimining doimiy diqqat e’tiborida bo‘lmoqda.

 

Katta qabristonda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirgan shahar hokimi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Qabristonlar bo‘limi mutasaddilariga qurilish-ta’mirlash ishlarini, rejaga asosan, o‘z vaqtida, sifatli qilib bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.