Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 2-“Shaldiramoq” mahallasida obodonchilik hasharida qatnashib, nochor xonadonga yordam berdi.

 

Hususan, Bahmalbop ko‘chasi, 57 xonadonda istiqomat qiladigan Solievlar uyida o‘tkazilgan o‘rganish natijasida bir uy bir dahliz va oshxona qurilishi boshlab yuborildi. Ishsiz oila a’zolari ishga joylashtirilib, doimiy daromad manbai bilan ta’minlandi. Oilaning katta o‘g‘li Hasanjon Solievning to‘y marosimini homiylik asosida o‘tkazishga kelishib olindi va to‘yga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

 

Marufjon Usmonov mahallani obodonlashtirish ishlarida ishtirok etib uylarning devorlarini, daraxtlarni oqladi. Mahallada Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratilgan barcha shart sharoitlardan foydalanish imkoni yaratildi.

 

Mahalla faollari, shahar hokimi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlarda bir yoqadan bosh chiqarib, faol ishtirok etishlarini bildirdilar.