O‘z vaqtida yaratilgan oziq-ovqat zahirasi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar Qo‘qon aholisini qishdan keskin narx-navo o‘sishlarisiz olib chiqish imkonini berdi.
1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Markaziy dehqon bozorida aholiga hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berayotgan yarmarka faoliyati bilan tanishdi.
Shahar hokimi Haridorlar va savdogarlar bilan muloqotda bo‘lib, mutasaddilarga narx-navolar barqarorligini ta’minlash, rastalarni keng assortimentdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.